Ishlab chiqarish haqida

Hammasi yog'ochdan boshlanadi. Uning teksturasi, rangi va hididan. Avval g'oya. Keyin chizma, kesish, yig'ish — va mana, shaklsiz yog'och massasi xarakter kasb etadi. Bizning dunyomiz — havoda uchayotgan qipiq, dastgohdagi qalam izlari va har bir harakatni eslab qoladigan qo'llardir. Aynan shu yerda, oddiy materiallar va murakkab yechimlardan, ko'ngil bog'lab qoladigan mebel tug'iladi.